
Web Pentester • Frontend Developer • System Administrator
Men kiberxavfsizlik va web texnologiyalari yo'nalishida faoliyat yuritaman. Asosiy e'tiborim web ilovalar xavfsizligini tahlil qilish, zaifliklarni aniqlash hamda xavfsiz va ishonchli tizimlar yaratishga qaratilgan. Frontend dasturlash va tizim administratsiyasi bo'yicha bilimlarim xavfsizlikka texnik va amaliy nuqtai nazardan yondashishimga yordam beradi.
Hozirda web application security, API security, penetration testing, Linux tizimlari va tarmoq infratuzilmasi bo'yicha amaliy tajriba orttirib bormoqdaman. Turli laboratoriyalar, CTF platformalari va real loyihalar orqali o'z ko'nikmalarimni rivojlantirib, zamonaviy xavfsizlik muammolarini o'rganishga intilaman.
Maqsadim xalqaro darajadagi kiberxavfsizlik mutaxassisi sifatida rivojlanish, murakkab xavfsizlik loyihalarida ishtirok etish va tashkilotlarga o'z tizimlarini yanada xavfsiz qilishda yordam berishdir.
Yangi loyihalar va qiziqarli g'oyalar ustida ishlashga tayyorman!